So`nggi kunlarda Rossiya Federasiyasi va Qozog`iston Respublikasining hududlarida ob-havoning keskin sovushi natijasida yo`llarda harakatlanish bilan bog`liq qator noqulayliklar yuzaga kelmoqda.
Xususan, ushbu davlatlarda yaqin haftalar davomida ham sovuq havo harorati saqlanib qolishi xabar qilinmoqda.
"Shu munosabat bilan, ushbu davlatlarda bo`lib turgan O`zbekiston fuqarolaridan yo`llarda harakatlanishda barcha xavfsizlik qoidalariga qat`iy rioya qilishni, zarurat bo`lmaganda uzoq masofali yo`llarda transport vositalarida harakatlanmaslikni so`raymiz", — deyiladi xabarda.






