Ijtimoiy tarmoqlarda Yakkabog` tumanida 45 yoshli erkak o`zini osib qo`yganligi haqida xabar tarqaldi.
Viloyat prokuraturasining ma`lum qilishicha, joriy yilning 16 dekabr kuni Yakkabog` tumani, Chimqo`rg`on qishlog`ida yashagan 1977 yilda tug`ilgan erkak o`zi yashab kelgan hovlining molxonasida o`zini-o`zi osib vafot etgan.
Marhumning o`lim sababiga aniqlik kiritish maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Holat bo`yicha Yakkabog` tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakati olib borilmoqda.






