O`qituvchilarga vazifasidan tashqari ishlarni yuklaydiganlarni ma`muriy va jinoiy javobgarlikka tortish bo`yicha qonun loyihasi ishlab chiqildi. Bu haqda Prezident Administrasiyasi Ijro etuvchi apparatining Kommunikasiyalar va axborot siyosati bo`yicha shu`ba mudiri Saida Mirziyoeva oliy ta`lim muassasalari o`rtasida o`tkazilgan "Zakovat" olimpiadasidagi chiqishida ma`lum qildi.
"Bugun o`qituvchi — hokimlik tadbirlarining xizmatchisi, uyma-uy yurib statistika yig`uvchi, qarzlarni yig`uvchi tekin xodim, farrosh, kelgan komissiyalar uchun ofisiant, oshpaz, zerikarli tadbirlarda bo`sh zalni to`ldiruvchi, majburiy obunachi, tunggi navbatchi va maktab qorovuli... Maktabchi? Afsuski, farzandlarimizga ta`lim berayotgan o`qituvchilar yillar davomida haq-huquqsiz, himoyasiz, qadrsiz bo`ldi. Prezidentimiz aytganlaridek, barcha muammolarning echimi - ta`limda. Uning ustuni esa o`qituvchi, muallimdir! Bugun shunday jamiyat qurishimiz kerak-ki, unda o`qituvchining qadri ham, qaddi ham baland bo`lishi zarur! Butun jamiyat o`qituvchini himoya qilib, uni majburiy mehnatga, turli qo`shimcha ishlarga jalb qilishga qarshi tursagina, bunga erisha olamiz O`qituvchilarga vazifasidan tashqari ishlarni yuklaydiganlar ma`muriy va jinoiy javobgarlikka tortilishi kerak. Bu bo`yicha qonun loyihasi ishlab chiqildi va tez orada qabul qilinishi kutilyapti”,- degan Mirziyoeva.