AsosiyDunyo

Kievga kamikadze dronlari hujum qildi (video)

'Kievga kamikadze dronlari hujum qildi (video)'ning rasmi

Ukraina Qurolli kuchlari Harbiy-havo kuchlari qo`mondonligi ma`lum qilishicha, 19 dekabrga o`tar kechasi Ukrainaga 35 ga yaqin kamikadze dron hujum qilgan, ulardan 30 tasi yo`q qilingan. Hujumchi dronlar Azov dengizining sharqiy qirg`og`idan uchirildi.

Ukraina poytaxti meri Vitaliy Klichko shaharning Solomenskiy va Shevchenkovskiy tumanlarida bir necha portlash sodir bo`lganini ma`lum qildi. Havo hujumi uch soatdan ortiq davom etdi.

Shahar harbiy ma`muriyati rahbari Sergey Popkoning so`zlariga ko`ra, Eronning yigirmadan ortiq "Shahed" uchuvchisiz uchoqlari Kiev havo hududida qayd etilgan. Havo hujumidan mudofaa tizimlari 15 ga yaqin dronni urib tushirdi. Hujum natijasida muhim infratuzilma ob`ektiga zarar etkazilgan. 

    Boshqa yangiliklar