AsosiyDunyo

Nyu-Yorkdagi moda namoyishida podiumda yiqilib tushgan modelga hech kim yordam bermadi(Foto va video)

Fantast-yozuvchilar va Gollivud rejissyorlarining insoniyatning kelajagi haqidagi bashoratlari o`z ifodasini topmoqda, deb yozadi “1news.az”.

Nyu-Yorkda bo`lib o`tayotgan moda haftaligida Maykl Korsning liboslari taqdimotida kutilmagan hodisa ro`y berdi. 

 

Tomoshabinlar o`tirgan qatorlar orasidan o`tib ketayotgan model Bella Xadid kutilmaganda muvozanatni yo`qotib, yiqilib tushdi. Bella noxush vaziyatni yumshatish uchun polga qo`llari yordamida tayanib, turmoqchi bo`ldi va hatto tabassum qildi.  Mazkur holat kameralar tomonidan muhrlandi. Tasvirlarda bir narsa kishini ajablantiradi: Taqdimot marosimiga kelgan tomoshabinlardan birontasi ham Bellaga yordam qo`lini cho`zishga harakat qilmadi. Buning o`rniga ular holatni tezroq smartfon xotirasiga muhrlash ishtiyoqida bo`ldi.

    

Boshqa yangiliklar