Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon-Shahrixon yo`lida quyuq tuman va yo`lning muzlamaligi sabab o`nlab mashinalar ishtirokida YTH sodir bo`lgani aks etgan video xabar tarqaldi.
Viloyat IIB axborot xizmati ma`lum qilishicha, haqiqatdan ham Asaka tumani hududidan o`tgan A-373 xalqaro ahamiyatga ega bo`lgan yo`lning 420 kilometrida 8 ta avtomashinalar ishtirokida YTH yuz bergan.
Yo`l-transport hodisasi oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar yo`q, avtotransport vositalari texnik shikastlangan. Hozirda Asaka tumani YHXG tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Barcha haydovchilardan ayni kunlardagi noqulay ob-havo sharoitida tezlikni oshirmasdan oraliq masofani saqlagan holda harakatlanishlari so`ralmoqda.






