AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda 23 yoshli kelin o`zini osib qo`ydi

'Qashqadaryoda 23 yoshli kelin o`zini osib qo`ydi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Kasbi tumanida 23 yoshli ayol o`zini osib qo`yganligi haqida xabar tarqaldi.

Qashqadaryo viloyati prokuraturasining ma`lum qilishicha, joriy yilning 18 dekabr kuni Kasbi tumani tibbiyot birlashmasi tomonidan, ichki ishlar bo`limiga “Maymanoq” mahalla fuqarolar yig`inida yashagan 1999 yilda tug`ilgan ayol bo`yin sohasidan strangulyasion egat shilinmasi ko`rinishidagi jarohati bilan vafot etganligi haqida xabar berilgan.

Shundan so`ng, marhumaning o`lim sababiga aniqlik kiritish maqsadida tegishli ekspertizalar tayinlangan.

Hozirda holat bo`yicha Kasbi tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakati olib borilmoqda.                                                                                       

    Boshqa yangiliklar