AsosiyJamiyat

Toshkentda hududiy arxitektura va shaharsozlik kengashi qarorini olmagan ko`p qavatli uy sotuvga qo`yildi. Hokimlik fuqarolarni ogohlantirdi

'Toshkentda hududiy arxitektura va shaharsozlik kengashi qarorini olmagan ko`p qavatli uy sotuvga qo`yildi. Hokimlik fuqarolarni ogohlantirdi'ning rasmi

Toshkent shahar, Taras Shevchenko ko`chasi, 23-uy manzilida barpo etilishi rejalashtirilgan 5 ta ko`p qavatli uy loyihasi bo`yicha hududiy arxitektura va shaharsozlik kengashi qarori olinmagan va davlat ekspertizasidan o`tkazilmagan bo`lsada, quruvchi tashkilot xonadonlar sotuvini joriy yil dekabr oyidan boshlab yuborgan. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi. 

Toshkent shahar hokimligi fuqarolarni ogohlantirdi.

"Yangi quriladigan uylardan xonadon sotib olishda “sizga taklif etilayotgan qurilishi rejalashtirilgan uy” qurilish loyihasi hududiy arxitektura va shaharsozlik kengashida ko`rib chiqilib, davlat ekspertizasidan o`tkazilganligi to`g`risidagi xujjatlar bilan tanishing.

Loyihasi kelishilmagan, davlat qurilish ekspertizasidan o`tkazilmagan uydan kvartira sotib olib, o`zingizni uzoq davom etadigan muammolarga duchor qilmang.

O`z vaqtingizni, mablag`ingizni sarflashda talabchan bo`ling",–deyiladi hokimlik xabarida.

    Boshqa yangiliklar