Bugun, 20 dekabr kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga va O`zbekiston xalqiga Murojaatnomasi boshlandi.
2017 yildan beri har dekabr oyining oxirida an`anaviy tarzda yo`llanayotgan Murojaatnomada bu gal:
- o`tgan yil sarhisobi qilinadi;
- yangi 2023 yilga nom beriladi;
- keyingi yil uchun belgilab olingan rejalar va yo`nalishlar haqida ma`lum qilinadi.
Ma`lumot uchun, bugungacha Prezident Oliy Majlisga to`rt marta Murojaatnoma yo`llagan:
▪️2017 yil 22 dekabrda
▫️2018 yil 28 dekabrda
▪️2020 yil 24 yanvarda
▫️2020 yil 29 dekabrda
Murojaatnoma yangiliklari va tafsilotlari "darakchi.uz"da tezkor berib boriladi.






