Avval xabar berilganidek, ayni daqiqalarda davlat rahbari Parlament va O`zbekiston xalqiga murojaat qilmoqda.
"Biz korrupsiya haqida ko`p gapiramiz, lekin tizimida korrupsiyaga yo`l qo`yilsa, nima uchun vazir javob bermasligi kerak? Endi so`rov boshqacha bo`ladi. Vazir o`z tizimiga ajratilgan mablag`larni samarali va maqsadli ishlatish bo`yicha birinchi bo`lib, o`zi javob beradi. Davlat vakillari o`zining halol mehnati, oddiyligi, xalqsevarligi, samimiyligi va fidoyiligi bilan odamlarimiz mehrini qozonishi kerak.
Endi, vazirlarning siyosiy mas`uliyati oshirilib, Hukumat qarorlari loyihalari, mamlakatimiz hayotiga oid muhim ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bevosita vazirlar ishtirokida kollegial hal etiladi.
Har bir viloyatdagi muammolarni echish uchun, har oyda joyiga chiqqan holda “Hukumat kuni” o`tkazilishi yo`lga qo`yiladi. Vazir har yil boshida jamoatchilik oldida sohadagi rejasi va yil yakuni bilan esa uning natijasi bo`yicha hisobot beradi.
Ta`kidlab aytmoqchiman – endi, qaysi vazir o`z ishini eplay olmasa, iste`foga chiqadi. Ko`p vazirlar o`zgaradi. O`z sohasining chuqur bilimdoni, fidoyi va ishidan xalq rozi bo`layotgan vazirlar lavozimida qoladi», — Shavkat Mirziyoev", — Shavkat Mirziyoev.






