1

Amerikalik teleboshlovchi Xillari Klintonni bilmasdan “o`ldirib” qo`ydi

Dunyo 15.09.2016, 15:13
Amerikalik teleboshlovchi Xillari Klintonni bilmasdan “o`ldirib” qo`ydi

Amerikaning ABC7 telekanali boshlovchisi Djo Torres to`g`ridan-to`g`ri efirda AQSh prezidentligiga nomzod Xillari Klintonni o`limi haqida xabar berdi

Djo Torres yangiliklarni noma`lum sabablarga ko`ra “Xillari Klintonning o`limi haqidagi tezkor xabar” bilan boshladi. Shu bilan birga u nomzodning o`pkasida shamollash borligi aniqlanganini ma`lum qildi. Hozircha telekanal mazkur hodisaga izoh bermadi.

Mazkur ko`rsatuvni Mediaite sayti chop etdi hamda har ehtimolga qarshi ayni damda Xillari Klinton tirikligi haqida ham eslatib qo`ydi.

Eslatib o`tamiz, Xillari Klinton tadbirlardan birida o`zini yomon his etib, uni tark etgandi.

Ayni damda shifokorlar Klintonning o`pkasida pnevmoniya borligini aniqlab, unga antibiotik dorilar buyurishgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1