AsosiyJamiyat

Kelgusi yildan tuman va shaharlar 5 ta toifaga ajratiladi

'Kelgusi yildan tuman va shaharlar 5 ta toifaga ajratiladi'ning rasmi

Prezident Oliy Majlis palatalariga yo`llagan murojaatida iqtisodiy islohotlar kelgusi yilda ham qat`iy davom ettirilib, ichki imkoniyatlar to`liq safarbar qilinib, xususiy sektor yanada qo`llab-quvvatlanishini ta`kidladi.

Birinchi navbatda, hududlar o`rtasidagi iqtisodiy tengsizlikni qisqartirish, barcha tuman va shaharlarni bir maromda rivojlantirish bo`yicha yangicha yondashuvlar joriy etiladi.

Kelgusi yildan tuman va shaharlar mavjud sharoiti, salohiyati va imkoniyatlaridan kelib chiqib 5 ta toifaga ajratiladi.

Tadbirkorlar uchun subsidiya, kreditlar va kompensasiyalar toifalardan kelib chiqib ajratiladi. Ular uchun soliq stavkalari har xil bo`ladi.

Biznesga soliq yukini kamaytirish bo`yicha ishlar davom ettiriladi. Jumladan, 1 yanvardan qo`shilgan qiymat solig`i stavkasini 15 foizdan 12 foizga pasaytirish hisobiga tadbirkorlar ixtiyorida yiliga kamida 14 trillion so`m mablag` qoladi. Ilg`or tajribalar asosida soliq va bojxona ma`murchiligi jiddiy isloh qilinadi.

 

    Boshqa yangiliklar