AsosiyJamiyat

Kelasi uch yilda barcha davlat tashkilotlarida quyosh panellari va issiq suv kollektorlari o`rnatiladi

'Kelasi uch yilda barcha davlat tashkilotlarida quyosh panellari va issiq suv kollektorlari o`rnatiladi'ning rasmi

Prezident Oliy Majlis palatalariga yo`llagan murojaatida "Xalqimiz ham, tadbirkor va investorlar ham, bizdan dolzarb masala bo`lgan energetika sohasida aniq echimlar kutayotgani sir emas", — dedi.

Iqtisodiyotimiz barqaror rivojlanishi uchun energetika sohasiga 25-30 milliard dollar investisiya kerak. Bunga faqatgina xususiy investisiyalarni jalb qilish orqali erishish mumkin. 

Shu bois, so`nggi uch yilda sohaga 8 milliard dollarlik to`g`ridan-to`g`ri investisiyalar jalb qilindi.

Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Farg`ona va Toshkent viloyatlarida barpo etiladigan quyosh va shamol elektr stansiyalari hisobiga qo`shimcha 14 milliard kilovatt elektr ishlab chiqariladi. Bu orqali xonadonlarga beriladigan elektr energiyasi 50 foizga ko`payadi.

Kelasi uch yilda barcha davlat tashkilotlarida quyosh panellari va issiq suv kollektorlari o`rnatiladi. 

Aholi xonadonlarida esa quyosh paneli o`rnatishga ajratiladigan subsidiyalar hajmi 2 barobarga ko`paytiriladi.

    Boshqa yangiliklar