AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekistonning qator hududlarida qor yog`adi

'Bugun O`zbekistonning qator hududlarida qor yog`adi'ning rasmi

Bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi, Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm viloyatida ertalab biroz qor yog`adi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, respublika bo`yicha ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Yo`llarda ba`zi joylarda yaxmalak yuzaga keladi. Harorat kunduzi 3-8° iliq, shimolda 3° sovuq-2° iliq bo`ladi. 

Poytaxtimizda kunning ikkinchi yarmida yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi, tuman tushadi. Yo`llarda ba`zi joylarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 5-7° iliq bo`ladi.

Tog`li hududlarda ba`zi joylarda qor yog`adi, tuman tushadi. Yo`llarda ba`zi joylarda yaxmalak yuzaga keladi. Qor ko`chish xavfi bor. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3° sovuq-2° iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar