Andijon viloyatida 20 dekabr kuni zilzila sodir bo`ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi axborot xizmati xabar berdi.
Ma`lum bo`lishicha, O`zbekiston hududida mahalliy vaqt bilan soat 22:33 da zilzila sodir bo`ldi.
Andijon viloyati Jalaquduq tumanida er silkinishi sodir bo`ldi. Zilzila koordinatalari: 40,82 gradus shimoliy kenglik; 72,54 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,7. Chuqurlik 15 km. Zilzila epimarkazi Toshkentdan 283 kilometr janubiy-g`arbda.
O`zbekiston hududia sezilish kuchi: Andijon tumanida 2 ballni tashkil etgan.






