Hozirgi kunda Toshkent shahrining markaziy ko`chalari bo`ylab 475 kmga yaqin 34ta alohida avtobus yo`laklarini tashkil etish rejalashtirilgan. Bu haqda IIV Jamoat xavfsizligi departamenti YHX boshqarmasi boshlig`i ma`lum qildi.
Ma`lum qilinishicha, rejaga ko`ra, yaqin bir hafta ichida asosiy — Alisher Navoiy, Beruniy, Amir Temur va Farg`ona yo`li ko`chalari bo`ylab yo`lakchalar tashkil etiladi. Qolgan ko`chalarda esa 1-2 oy ichida to`liq tashkil etiladi.






