O`zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi va Qirg`iz Respublikasi Energetika vazirligining Qo`shma bayonoti imzolandi. Bu haqda O`zbekiston Energetika vazirligi xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, 2021 yil 11 martda Qirg`iz Energetika va sanoat vazirligi va O`zbekiston Energetika vazirligi, Suv xo`jaligi vazirligi o`rtasida imzolangan Bayonnomaga muvofiq, elektr energiyasini o`zaro etkazib berish tasdiqlangan jadvallarga muvofiq amalga oshiriladi.
Markaziy Osiyo mintaqasida suvning kamligi hisobga olinib, To`xtagul suv omborining o`ta og`ir darajaga tushishiga yo`l qo`ymaslik maqsadida tomonlar xo`jalik yurituvchi subektlar o`rtasidagi kelishuvlarga asosan Turkmaniston gazidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasini Qirg`iz Respublikasiga etkazib berildi.
Qayd etilishicha, shartnoma asosidagi kelishuvlarga muvofiq, elektr energiyasini Turkmanistondan Qirg`iz Respublikasiga O`zbekiston energetika tizimi orqali tranzit qilish energetika tizimlarining imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda amalga oshirilmoqda.
Ta`kidlanishicha, tomonlarning xo`jalik yurituvchi subektlari o`rtasida 2023 yilda Turkmaniston elektr energiyasi tranzitini ta`minlashga qaratilgan tegishli shartnomalar imzolangan va ikki mamlakat o`rtasidagi hamkorlik o`zaro hurmat va energetika tizimlari ishlash rejimining izchilligi tamoyillari asosida amalga oshirilmoqda.






