AsosiyJamiyat

Buxoroda 17 yoshli qiz yigitdan ishqiy munosabatlarni oshkor qilmaslik pul "undirayotgan"da ushlandi

'Buxoroda 17 yoshli qiz yigitdan ishqiy munosabatlarni oshkor qilmaslik pul "undirayotgan"da ushlandi'ning rasmi

Buxoro viloyati IIB matbuot xizmatining xabariga ko`ra, mazkur holat joriy yilning 9 dekabr kuni Buxoro viloyati G`ijduvon tumanida sodir bo`lgan.

Tumanning "Zarangari" mahallasida yashovchi 2005 yilda tug`ilgan voyaga etmagan H.Sh. o`ziga oldindan tanish bo`lgan shu mahallada yashovchi yigitdan pul olishni reja qiladi.

Aniqlanishicha, 17 yoshli qiz u yigit bilan o`rtalarida bo`lgan ishqiy munosabatlar to`g`risida bolaning oila- a`zolariga aytmaslik va tuman IIBga yozgan arizasi yuzasidan da`vo va e`tirozi yo`qligini yozib berish evaziga 3 000 AQSh dollari berishini talab qiladi.

Buxoro viloyati IIB JQB xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir davomida "Dilkusho" mahallasida talab qilingan pullardan, 1 000 AQSh dollarini tovlamachilik yo`li bilan olayotgan vaqtda qo`lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB tomonidan JKning 165-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar