Haydovchilik guvohnomasi olib berishni va`da qilgan firibgarlar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Matbuot xizmati xabar berdi.
Departamentning Buxoro shahar bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar S.A. va M.M. 4 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularga tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasini olish uchun bo`lib o`tadigan imtihondan o`tkazib qo`yishi evaziga joriy yilning noyabr oyida 700 AQSh dollarini olib, yana 200 AQSh dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.
21.12.2022 18:40
Buxoroda 4 nafar fuqaroga haydovchilik guvohnomasi olib berishni va`da qilgan firibgar qo`lga olindi
