AsosiyJamiyat

⚡Prezident hamda nomdor davlat stipendiyalari g`oliblari aniqlandi

'⚡Prezident hamda nomdor davlat stipendiyalari g`oliblari aniqlandi'ning rasmi

2022/2023 o`quv yili uchun respublika oliy ta`lim muassasalari bakalavriat bosqichining 566 nafar talabasi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga munosib ko`rildi.

➡️Prezident davlat stipendiyasi72 nafar;

➡️Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi100 nafar;

➡️Navoiy nomli davlat stipendiyasi234 nafar;

➡️Beruniy nomli davlat stipendiyasi95 nafar;

➡️Ulug`bek nomli davlat stipendiyasi26 nafar;

➡️Ibn Sino nomli davlat stipendiyasi22 nafar;

➡️Imom al-Buxoriy nomli davlat stipendiyasi3 nafar;

➡️Ibroyim Yusupov nomli davlat stipendiyasi8 nafar;

➡️To`lepbergen Qaipbergenov nomli davlat stipendiyasi6 nafar.

Prezident davlat stipendiyasi tanlovida ishtirok etib, suhbat bosqichiga tavsiya etilmagan talabalar rektor tomonidan tasdiqlangan sertifikat hamda bazaviy stipendiya miqdorining 3 baravaridagi bir martalik pul mablag`i bilan mukofotlanadi.

Shuningdek, nomli davlat stipendiyalari tanlovlarida qatnashib, sovrindor bo`lolmagan talabalar ham sertifikat hamda bazaviy stipendiya miqdorining 2 baravaridagi bir martalik pul mablag`i bilan rag`batlantiriladi.

    Boshqa yangiliklar