Internet saytlarda chigit mahsulotini Qashqadaryo viloyatidan olib chiqib ketishga to`siq vazifasini Bosh prokuratura huzuridagi Departament va IIB YHXB bajarayotganligi, Surxondaryo yoki Buxorodan olib ketilayotgan chigit e`tirozsiz o`tkazib yuborilayotganligi bildirilgan xabarlar tarqaldi.
Aniqlanishicha, Qashqadaryo viloyat Ichki ishlar boshqarmasi YHXB xodimlari tomonidan 20.12.2022 yilda Ko`kdala tuman “Umakay” YPX maskanida, Jizzax viloyatidagi “P.S.Yo” hamda Samarqand viloyatidagi “P.A.O” jamiyatlari tomonidan Qashqadaryo viloyatidagi klasterlardan sotib olinganligi to`g`risida hujjatlar rasmiylashtirilgan va YPX maskanidan o`tayotgan 9 ta yuk mashinasidagi jami 261,9 tn chigit mahsuloti to`xtatib qolingan.
Viloyat IIB JXXYHXB xodimlari tomonidan rasmiylashtirilgan hujjatlar joriy yilning 20 dekabr kuni ko`rib chiqish va qonuniy qaror qabul qilish uchun Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ko`kdala tuman bo`limiga yuborilgan.
Departamentning Ko`kdala tuman bo`limi tomonidan “P.S.Yo” MChJ tomonidan 6 ta yuk mashinasida olib ketilayotgan 155,6 tn hamda “P.A.O” MChJ tomonidan 2 ta yuk mashinasida olib ketilayotgan 71,9 tn chigit mahsulotlari hujjatlarining qonuniyligi 24 soatdan kechiktirmasdan o`rganib chiqilib, 21 dekabr kuni yuk avtomashinalari “Umakay” YPX maskanidan chiqarib yuborilgan.
Hozirda, “P.A.O” MChJga tegishli bo`lgan 1 ta yuk mashinasidagi 34,4 tn chigit birja savdolari orqali xarid qilinganligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo`lmaganligi hamda qo`shimcha o`rganish zarurati mavjudligi sababli tekshirish harakatlari davom etmoqda.






