AQSh kinoakademiyasi "Oskar" mukofotiga da`vogarlar ro`yxatini e`lon qildi.
“To`liqmetrajli hujjatli filmlar” toifasiga 15 ta ish saralab olindi, ular orasida kanadalik rejissyor Deniel Roerning "Navalny" hujjatli filmi, Saymon Lereng Uilmontning Ukraina sharqidagi etimxona haqidagi "Cho`pdan yasalgan uy" kartinasi hamda Lora Poytrasning Venesiya kinofestevali laureati bo`lgan "Barcha go`zallik va qon to`kish" kartinalari ham bor. Ushbu toifadagi mukofotga shuningdek, amerikalik, hindistonlik va xitoylik rejissyorlarning ishlari ham ko`rsatilgan.
"Xorijiy badiiy filmlar” toifasidagi mukofotga Argentina, Avstriya, Belgiya, Kamboja, Daniya, Fransiya, Germaniya, Hindiston, Irlandiya, Meksika, Marokash, Pokiston, Polsha, Shvesiya va Janubiy Koreya rejissyorlarining ham ishlari ko`rsatilgan. Mukofotga da`vogar 15 ta kartina tanlab olinishi uchun 92 ta mamlakatdan ariza tushgan.






