AsosiyJamiyat

UzAuto O`zbekiston-Qozog`iston mintaqalararo biznes forumi doirasida 570 million AQSh dollarlik sarmoyaviy va savdo-iqtisodiy shartnomalar imzoladi

'UzAuto O`zbekiston-Qozog`iston mintaqalararo biznes forumi doirasida 570 million AQSh dollarlik sarmoyaviy va savdo-iqtisodiy shartnomalar imzoladi'ning rasmi

Bugun O`zbekiston va Qozog`iston ishbilarmon doiralari o`rtasidagi biznes-forum davomida Investisiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xo`jaev va Qozog`iston Respublikasi Bosh vaziri o`rinbosari Serik Jumangarin, UzAuto Motors, Qozog`iston Taraqqiyot banki va Allur kompaniyasi (Qozog`iston) qo`shma loyihalarni amalga oshirish bo`yicha 570 million dollarlik qator shartnomalar imzolandi. Bu haqda kompaniya Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

“UzAuto Motors” AJ va Qozog`iston Taraqqiyot banki Qozog`istonda “Allur” avtomobil zavodi quvvatlarida kichik hajmdagi yig`ish usuli bo`yicha  yiliga 30 000 dona “Chevrolet Onix” avtomobillarini ishlab chiqarish loyihasini moliyalashtirish bo`yicha kelishuvga erishishdi. Loyihani amalga oshirish uchun taxminan 50 million dollarga yaqin investisiyalar jalb qilinadi, bu esa UzAuto'ga Qozog`istonda o`z mavqeini mustahkamlash va boshqa potensial eksport bozorlarini o`zlashtirishga imkon beradi.

UzAuto Motors va Allur o`rtasidagi Qozog`istonga Allur zavodiga 500 million dollarlik avtomobil komplektlari va butlovchi qismlari eksporti hajmini oshirish bo`yicha imzolangan kelishuv ham O`zbekiston eksport potensialini kengaytirishga xizmat qiladi.

UzAuto Motors, Qozog`istondagi loyihalardan tashqari, qozog`istonlik hamkorlari bilan O`zbekistonda zamonaviy, innovasion ehtiyot qismlar tarqatish markazini joriy etish bo`yicha hamkorlik qilish bo`yicha kelishuvga erishdi. Ushbu kelishuv natijasi O`zbekistonga 20 million dollar miqdorida investisiyalarni jalb qilish, shuningdek, logistika zanjirlari va etkazib berish yo`nalishlarini optimallashtirish hamda yuklarni tashish xarajatlarini kamaytirish bo`ladi.

Hamkorlikni istiqbolli rivojlant rejasida tomonlar bozorlarning ehtiyojlari va iste`molchilar talabidan kelib chiqqan holda avtomobillar qatorini yangilash va kengaytirish imkoniyati to`g`risida kelishib olishdi. Avtomobilsozlik sohasidagi o`zaro manfaatli hamkorlik ikki davlatning iqtisodiy taraqqiyotiga yangi turtki beradi, mintaqaviy hamkorlikni kengaytiradi, bu orqali eksport bozorlarini yanada rivojlantirish uchun mustahkam poydevor yaratadi.

    Boshqa yangiliklar