Bugun AOKAda o`tkazilgan brifingda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara O`rinboeva tizimda korrupsiyaga karshi kurash ishlari bo`yicha ma`lumot berdi.
Vazirlik ma`lumotiga ko`ra, 2022 yil avgust oyida Adliya vazirligi tizimida korrupsiyaviy xavf-xatarlar baholandi. Baholash natijalariga ko`ra, Adliya vazirligi tizimida 109 ta korrupsiyaviy xavf-xatar aniqlangan (11ta yuqori, 55 ta o`rta, 43 ta past darajada).
Aniqlangan korrupsiyaviy xavf-xatarlarni minimallashtirish bo`yicha adliya vaziri tomonidan joriy yilning 25 avgust kuni Adliya vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish bo`yicha 2022-2023 yillarga mo`ljallangan 36 ta chora-tadbirdan iborat dastur tasdiqlandi.
Bugungi kunda ishbu dasturda belgilangan vazifalari ijrosi ta`minlanib kelinmoqda.
O`z navbatida, 2022 yilning o`tgan davrida aniqlangan korrupsiyaviy xavf-xatarlarni minimallashtirish bo`yicha adliya organlari va muassasalarining 5 minga yaqin boshqaruv xodimlari uzluksiz kasbiy rivojlantirish platformasida o`qishda ishtirok etdi.






