Joriy yil 22 dekabr kuni soat 19:15 da Andijon shahar S.Abdullaev 5-tor ko`chasida joylashgan yashash uyida yong`in sodir bo`layotganligi to`g`risida Andijon shahar FVBga xabar kelib tushgan. Bu haqda FVV axborot xizmati xabar bermoqda.
Xabarga ko`ra, 4 ta yong`in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 19:19 da etib borib, yong`in soat 19:23 da qurshab olingan va 19:32 da o`chirilgan.
Hodisa natijasida uyning taxminan 70 kv.m. maydonda tomi, shifti va uy-jihozlari yongan.
Yong`inni bartaraf etish jarayonida 3 nafar fuqaroning kuygan holdagi jasadi topilgan.
Shuningdek, hodisa joyiga FVB, IIB, SSB va prokuratura xodimlari etib borgan.
Hozirda yong`in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda, deyiladi xabarda.
23.12.2022 09:19
Andijondagi yong`inda uy egasining uch nafar farzandi yonib ketdi (video)






