2023 yilda qo`shimcha dam olish kunlari belgilandi

Jamiyat 23.12.2022, 18:24
2023 yilda qo`shimcha dam olish kunlari belgilandi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining "2023 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo`shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko`chirish to`g`risida" gi  Farmoni imzolandi.

Unga ko`ra:

2023 yilda fuqarolarning rasmiy sanalarni nishonlash davrida to`liq dam olishi uchun shart-sharoitlar yaratish, “O`zbekiston bo`ylab sayohat qil!” ichki turizmni rivojlantirish dasturi doirasida ichki 
va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish uchun dam olish va bayram kunlaridan samarali foydalanishni ta`minlash maqsadida:

1.2023 yilda quyidagi qo`shimcha dam olish kunlari belgilandi:

  • barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qat`i nazar): 2 yanvar – dushanba, 30 iyun – juma;
  • olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun: 3 yanvar – seshanba, 20 mart – dushanba, 22 mart – chorshanba, 24 aprel – dushanba, 1 iyul – shanba, 2 sentyabr – shanba, 30 dekabr – shanba.

2. O`zbekiston Respublikasining 2022 yil 28 oktyabrdagi O`RQ–798-son Qonuni bilan tasdiqlangan Mehnat kodeksining 208-moddasiga muvofiq:

  • ishlanmaydigan bayram kuni hisoblanuvchi “1 oktyabr – O`qituvchi 
    va murabbiylar kuni” 2023 yilda yakshanba – dam olish kuniga to`g`ri kelganligi munosabati bilan ushbu dam olish kuni 2023 yil 2 oktyabr – dushanba kuniga ko`chirilishi;
  • bunda ishlab chiqarish-texnik va tashkiliy sharoitlar (mavjud uzluksiz ishlab chiqarish, aholiga har kuni xizmat ko`rsatish, navbatchilik asosida ishlash va boshqalar) tufayli ishlanmaydigan bayram kunlari to`xtatib qo`yish mumkin bo`lmagan ishlarni bajarishda dam olish kunlari ko`chirilmasligi ma`lumot uchun qabul qilinadi.

3. 2023 yilda besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kunlari quyidagi tartibda ko`chiriladi:

7 yanvar – shanba kunidan 3 yanvar–seshanba kuniga;

11 mart – shanba kunidan 20 mart – dushanba kuniga;

25 mart – shanba kunidan 22 mart –chorshanba kuniga;

29 aprel – shanba kunidan 24 aprel –dushanba kuniga.

4. Bayram (ishlanmaydigan) kunlarining uzaytirilishini hisobga olgan holda, respublika aholisining maroqli dam olishi uchun:

  • Turizm va madaniy meros vazirligi turizm namoyishi ob`ektlari (madaniy meros ob`ektlari, muzeylar) va mehmonxona xizmatlari uchun chegirmalar berilishi hamda aksiyalar o`tkazilishini tashkillashtiradi;
  • O`zbekiston Kasaba uyushmalari federasiyasiga Sog`liqni saqlash vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda sanatoriylar va sog`lomlashtirish muassasalari uchun chegirmalar berish hamda aksiyalar o`tkazish tavsiya etiladi;
  • “Uzbekistan Airways” AJ, “O`zbekiston temir yo`llari” AJga ichki transport qatnovlari uchun chegirmalar berish va aksiyalar o`tkazish tavsiya etiladi.

5. O`zbekiston Kasaba uyushmalari federasiyasi kengashiga:

  • mehnat jamoalari o`rtasida ushbu Farmonning maqsadi, mazmun-mohiyati to`g`risida tushuntirish ishlarini tashkil etish;
  • uzaytirilgan bayram kunlarida xodimlar va ularning oila a`zolari maroqli dam olishini ta`minlash yuzasidan kasaba uyushmalari tashkilotlarining ishini faollashtirish tavsiya etiladi.

6. O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi O`zbekiston Milliy axborot agentligi bilan birgalikda bayram kunlari o`tkaziladigan tadbirlar to`g`risida ommaviy axborot vositalari, shu jumladan Internet jahon axborot tarmog`i orqali aholining keng xabardor qilinishini ta`minlanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1