Qirg`izistonda “Dok-1 Maks” preparatining savdosi to`xtatildi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligiga tayanib, 24.kg xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, O`zbekistonda ushbu dori vositasidan bolalar o`rtasidagi o`lim holatlarining aniqlanishi sababli Hindistonning Marion Biotech Pvt kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan “Dok-1 Maks” preparatini Qirg`izistonda qo`llash to`xtatilgan.
"Mavjud vaziyatdan kelib chiqib, 2022 yil 23 dekabrdan boshlab Qirg`iziston hududida savdoni vaqtincha to`xtatishga qaror qilindi. Namunalar tahlil qilish uchun Markaziy tahlil laboratoriyasiga yuborildi", — deyiladi xabarda.