AsosiyJamiyat

Vazirlik shtatlari 30 foizgacha qisqartiriladi, 20 ta idora esa to`liq tugatilmoqda

'Vazirlik shtatlari 30 foizgacha qisqartiriladi, 20 ta idora esa to`liq tugatilmoqda'ning rasmi

Prezident tomonidan  “Yangi O`zbekiston ma`muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Farmon va uning ijrosini samarali tashkil etish bo`yicha qaror imzolandi.

Yangi farmon va qaror bilan 2023 yil 1 yanvardan boshlab qator o`zgarishlar kiritilmoqda

- Hukumatga bo`ysunadigan ijro organlari soni 61 tadan 28 taga, shu jumladan vazirliklar soni 21 tagacha qisqartirilmoqda (ro`yxat).
Bunda, 20 ta idora to`liq tugatilmoqda;

- barcha vazirliklarning shtatlari 30 foizgacha qisqartiriladi;

- ilg`or xorijiy tajribalar asosida davlat boshqaruvi idoralari faqat vazirlik, qo`mita, agentlik va inspeksiyadan iborat bo`ladi. Bunda, vazirlik tegishli sohada davlat siyosatini amalga oshirishga mas`ul bo`lib, tarmoqqa kiruvchi qo`mita, agentlik va inspeksiyalarga rahbarlik qiladi.

 

    Boshqa yangiliklar