Prezident Farmoniga ko`ra, 2023 yil 1 yanvardan quyidagi respublika davlat boshqaruvi organlarining tashkiliy bo`ysunuvi o`zgaradi:
Qo`mitalar:
▫️Davlat statistika qo`mitasi – Statistika agentligi shaklida qayta tashkil etilib, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuriga o`tkazilmoqda;
▫️Mudofaa sanoati davlat qo`mitasi – Mudofaa sanoati agentligi shaklida qayta tashkil etilib, Mudofaa vazirligi huzuriga o`tkazilmoqda;
▫️Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do`stlik aloqalari qo`mitasi – Madaniyat va turizm vazirligi huzuriga o`tkazilmoqda;
▫️Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo`mitasi – Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuriga o`tkazilmoqda;
▫️O`rmon xo`jaligi davlat qo`mitasi – O`rmon xo`jaligi agentligi shaklida qayta tashkil etilib, Tabiat resurslari vazirligi huzuriga o`tkazilmoqda;
▫️Davlat soliq qo`mitasi – Soliq qo`mitasi shaklida qayta tashkil etilib, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuriga o`tkazilmoqda;
▫️Davlat bojxona qo`mitasi – Bojxona qo`mitasi shaklida qayta tashkil etilib, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuriga o`tkazilmoqda;
▫️Oila va xotin-qizlar davlat qo`mitasi – Oila va xotin-qizlar qo`mitasi shaklida qayta tashkil etilib, Kambag`allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuriga o`tkazilmoqda;
▫️Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo`mitasi – Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo`mitasi shaklida qayta tashkil etilib, Qishloq xo`jaligi vazirligi huzuriga o`tkazilmoqda;
▫️Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo`mitasi – Qishloq xo`jaligi vazirligi huzuriga o`tkazilmoqda;
Agentliklar;
▫️Yoshlar ishlari agentligi – Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuriga o`tkazilmoqda;
▫️Prezident ta`lim muassasalari agentligi – Ixtisoslashtirilgan ta`lim muassasalari agentligi shaklida qayta tashkil etilib, Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi huzuriga o`tkazilmoqda;
▫️Kinematografiya agentligi – Madaniyat va turizm vazirligi huzuriga o`tkazilmoqda;
▫️Davlat soliq qo`mitasi huzuridagi Kadastr agentligi – Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuriga o`tkazilmoqda;
▫️“O`zarxiv” agentligi – Adliya vazirligi huzuriga o`tkazilmoqda;
▫️Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi – Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuriga o`tkazilmoqda;
▫️Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi – Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san`atni rivojlantirish jamg`armasi huzuriga o`tkazilmoqda;
▫️Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi – Kambag`allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuriga o`tkazilmoqda;
▫️Farmasevtika tarmog`ini rivojlantirish agentligi – Dori-darmon va tibbiy buyumlarni ro`yxatdan o`tkazish bilan bog`liq vazifa va funksiyalari Sog`liqni saqlash vazirligiga o`tkazilgan holda, Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuriga o`tkazilmoqda;
▫️O`simliklar karantini va himoyasi agentligi – Qishloq xo`jaligi vazirligi huzuriga o`tkazilmoqda;
Inspeksiyalar:
▫️Axborotlashtirish va telekommunikasiyalar sohasida nazorat bo`yicha davlat inspeksiyasi – Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuriga o`tkazilmoqda;
▫️Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv xo`jaligi ob`ektlari xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi – Suv xo`jaligi vazirligi huzuriga o`tkazilmoqda;
▫️Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi – Qishloq xo`jaligi vazirligi huzuriga o`tkazilmoqda;
Boshqa organlar:
▫️Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestasiya komissiyasi – Oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vazirligi huzuriga o`tkazilmoqda.






