Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi do`konlardan birida aksiya e`lon qilingani ortidan yuzlab odamlar yig`ilgani aks etgan video tarqaldi.
Shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
Ma`lum qilinishicha, tasvirdagi voqea poytaxtning Shayxontohur tumani Qoratosh dahasida sodir bo`lgan. Yangi kiyim do`koni ochilishi munosabati bilan e`lon qilingan aksiya doirasida chegirmali narxlarda xarid qilish istagidagi yuzlab odamlar do`kon atrofiga to`plangan.
Hududda jamoat tartibini saqlash maqsadida ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya xodimlari jalb qilingan. Vaziyat nazoratga olingani ma`lum qilingan.






