Britaniyaning Rakuten Marketing firmasi xodimlari Londondagi moda haftaligi oldidan fuqarolar o`rtasida kichik so`rov o`tkazdi va ularning nazdida mamlakatdagi eng didli ayol deb kimni bilishlari haqida so`rashdi, deb yozadi “Vesti”.
So`rov natijasida, birinchi o`rinni Kembrij gersoginyasi Keyt Middlton egalladi. So`rovda ishtirok etgan ayollarning 29 foizi xuddi Uilyamning rafiqasidek kiyinishni istashadi.
Keyt Middltondan keyin eng didlilar ro`yxatiga xonandalar Rita Ora va Elli Golding, aktrisa Emma Uotson, bloger Zoi Sagglar ham kiritildi.
Bundan tashqari, britaniyalik ayollar mashhurlarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari va tashqi ko`rinishi ularning do`kondan qanday kiyim xarid qilishlariga ta`sir ko`rsatishini ham aytib o`tgan. So`rovda qatnashgan ayollarning 29 foizi mashhurlarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e`lon qilgan suratlaridagi kiyimlarni xarid qilganini aytgan.
So`rovnoma ishtirokchilarining 30 foizi esa sevimli kino qahramonlaridek kiyinishga intilishlarini ma`lum qilgan.





