Prezident Shavkat Mirziyoev 26-27 dekabr kunlari Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligiga a`zo davlatlar rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Sankt-Peterburg shahrida bo`ladi.
Rossiya Federasiyasi prezidenti Vladimir Putinning tashabbusi bilan o`tkaziladigan tadbir kun tartibidan MDH doirasidagi ko`p tomonlama hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari o`rin olgan.
Hamdo`stlik mamlakatlari etakchilari joriy yilning asosiy yakunlarini sarhisob qilishlari va amaliy hamkorlikning ustuvor yo`nalishlari yuzasidan fikr almashishlari ko`zda tutilgan.






