AsosiyJamiyat

Prezident farmoni bilan bir qator tayinlovlar amalga oshirildi

'Prezident farmoni bilan bir qator tayinlovlar amalga oshirildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan bir qator tayinlovlar amalga oshirildi.

Rahim Rasuljonovich Hakimov Prezidentning ijtimoiy-siyosiy rivojlanish masalalari bo`yicha maslahatchisi o`rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirining fan va innovasiyalar bo`yicha o`rinbosari lavozimidan ozod etildi;

Murtaza Mamatqulovich Qarshiboev Prezident maslahatchisi – Spichrayteri o`rinbosari lavozimiga tayinlandi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Abdulla Mamasaatovich Abduqodirov Prezident huzuridagi Strategik islohotlar agentligi bosh direktorining birinchi o`rinbosari lavozimiga, Akbar Muxidinovich Musaev va Rustamxon Kamalxanovich Azizov – agentlik bosh direktorining o`rinbosari lavozimiga tayinlandi.

    Boshqa yangiliklar