AsosiyJamiyat

Sportni rivojlantirish vaziri yana bir lavozimga saylandi

'Sportni rivojlantirish vaziri yana bir lavozimga saylandi'ning rasmi

Kecha ijtimoiy tarmoqlarda Ikramov Adham Ilhamovich Savdo-sanoat palatasi Rayosati raisi lavozimiga saylangani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Shu sababdan, Sportni rivojlantirish vazirligi quyidagi ma`lumotlarga izoh beradi.

Savdo-sanoat palatasi Rayosati raisi yangi ta`sis etilgan lavozim bo`lib, unga Prezident tavsiyasi bo`yicha Adham Ikramov saylangan. Ma`lum qilinishicha, bu jamoatchilik asosidagi lavozim hisoblanadi. 

Vazirlik bergan bayonotga ko`ra, ayni vaqtda Adham Ikramov Sportni rivojlantirish vaziri sifatida faoliyatini davom ettirmoqda. Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov ham o`z ishini davom ettirmoqda.

    Boshqa yangiliklar