Mamlakatimizning Dubaydagi Bosh konsulxonasi Birlashgan Arab Amirliklarida og`ir kasallikka chalingan vatandoshimizning O`zbekistonga qaytishiga ko`maklashdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.
Mamlakatimiz konsullik vakolatxonasidan olingan ma`lumotga ko`ra, vatandoshimiz B.M. saraton kasalligiga chalinib, ahvoli og`irlashib qolgani sababli ish o`rnini yo`qotgan, tibbiy muolajalar olish maqsadida barcha mablag`ini sarflab qo`ygan. Shu bois u Bosh konsulxonaga murojaat qilib, Vatanga qaytish yuzasidan ko`mak so`ragan.
Konsulxona xodimlarining BAAda faoliyat yuritayotgan xalqaro xayriya tashkilotlari va "Uzbekistan airways" aviakompaniyasi vakolatxonasi bilan olib borgan muzokaralari natijasi o`laroq, yurtdoshimiz Vatanga qaytarildi. Uning O`zbekistonga qaytishi uchun zarur hujjatlar rasmiylashtirilib, "Dubay-Toshkent" yo`nalishi bo`yicha bepul avia chipta bilan ta`minlangan va kecha O`zbekistonga uchib kelgan.






