1

Xitoyga yog`ilgan kuchli to`fon oqibatida 10 kishi halok bo`ldi

Dunyo 16.09.2016, 12:27
Xitoyga yog`ilgan kuchli to`fon oqibatida 10 kishi halok bo`ldi

Sharqiy Xitoyda kamida 10 kishi kuchli “Meranti” to`fonining qurboniga aylandi. Bu haqda Sinxua agentligi xabar berdi.

Fuszyan provinsiyasida tabiiy ofat etti kishining, Chjeszyanda uch kishining hayotiga nuqta qo`ydi. Mahalliy hukumat ma`lumotlariga ko`ra, yana 11 kishi dom-daraksiz yo`qolgan.

To`fon 1,6 mingta uyni vayron qildi hamda Fuszyan provinsiyasida 22,2 ming ga qishloq xo`jaligi erlariga zarar etkazdi. Ofat etkazgan iqtisodiy zarar 1,7 mlrd yuan ($249 mln) baholanmoqda. Mahalliy ma`muriyat ofatdan zarar ko`rganlarga yordam sifatida 60 mln yuan ($8,8 mln) ajratdi.

“Meranti” Xitoyga juma kuni yog`ildi. Epimarkazda shamol tezligi soniyasiga 48 metrga etdi. Mazkur to`fon 1949 yilda boshlangan meteokuzatuvlar tarixida Xitoyga yog`ilgan eng kuchlisi bo`ldi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1