Joriy yilning 23 dekabr kuni, elektrobusni boshqarib ketayotgan haydovchi yo`lovchilar bilan qo`pol muomalada bo`lgani aks etgan video fuqaro tomonidan suratga olinib, ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirildi.
Holat yuzasidan, “Toshshahartransxizmat” tomonidan tezkor surishtiruv ishlari o`tkazilganda, yo`lovchilarga qo`pollik "1-Avtobus saroyi" filiali tasarrufidagi, 81-sonli avtobus yo`nalishi haydovchisi B.S tomonidan sodir etilgani aniqlangan.
Yo`lovchiga nisbatan muomala madaniyatiga rioya qilmaganligi va ichki tartib qoidalarini buzganligi uchun haydovchi B.S bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.
Shuningdek, barcha haydovchilar bilan yo`lovchilarga xizmat ko`rsatish madaniyatini oshirish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilib, haydovchilar ustidan nazorat kuchaytirildi.
Yuqoridagi kabi holatlar kuzatilgan taqdirda “Toshshahartransxizmat”ning 1062 ishonch raqamiga va info@tashbus.uz orqali murojaat qilish hamda avtobus haydovchisi yoki chiptachisi amalga oshirayotgan qoidabuzarlikni suratga olib avtobus raqami bilan yuborishi so`ralmoqda.






