Pastdarg`om tumani IIB profilaktika inspektori o`ziga tegishli bo`lmagan "Equinox" mashinasida yo`l-transport hodisasi sodir qilgan. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Axborot xizmati boshlig`i xabar berdi.
Shu sababli inspektor IIB boshlig`ining joriy yil 21 dekabr kunidagi buyrug`iga asosan egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.
Avvalroq ushbu holat Samarqand viloyati IIB boshlig`i polkovnik Rahmat Mamatov tomonidan Pastdarg`om tumani IIB shaxsiy tarkibi ishtirokida tanqidiy muhokama qilingan edi.






