AsosiyJamiyat

Surxondaryoda so`nggi 40 kunda 8 marta tezlik qoidalarini buzgan haydovchi yo`l chetidagi odamni bosib o`ldirdi (video)

'Surxondaryoda so`nggi 40 kunda 8 marta tezlik qoidalarini buzgan haydovchi yo`l chetidagi odamni bosib o`ldirdi (video)'ning rasmi

Surxondaryo viloyati Sho`rchi tumanidan o`tgan qismida tezlikni oshirgan Cobalt haydovchisi boshqaruvni yo`qotgan va mashina yo`l chetida turgan piyodalarni urib yuborgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, 2022 yil 24 dekabr kuni M-41 xalqaro avtomobil yo`lining Sho`rchi tumanidan o`tgan qismida sodir bo`lgan.

Oqibatda piyodalardan biri voqea joyida halok bo`lgan. Yana biri shifoxonaga yotqizilgan. Cobalt esa ag`darilib ketgan.

Haydovchi boshqargan mashina tekshirib ko`rilganda so`nggi 40 kunda 8 marta tezlikni oshirib qoidalarni buzgani radarlarda qayd etilgani ma`lum bo`lgan.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

    Boshqa yangiliklar