AsosiyDunyo

"Ular o`z vataniga, qarindosh-urug`lariga, do`stlariga xiyonat qilgan". Rossiyada mamlakatni tark etganlar uchun soliq stavkasi oshirilishi mumkin

'"Ular o`z vataniga, qarindosh-urug`lariga, do`stlariga xiyonat qilgan". Rossiyada mamlakatni tark etganlar uchun  soliq stavkasi oshirilishi mumkin'ning rasmi

Rossiyada mamlakatni tark etgan rossiyaliklar uchun imtiyozlarni bekor qilish va soliq stavkasini oshirish to`g`risidagi qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda. Bu haqda bugun, 25 dekabr kuni Davlat Dumasi spikeri Vyacheslav Volodin o`zining Telegram-kanalida ma`lum qildi.

"Yurtimizni tark etganlarning qaytishi uchun ularga imtiyozlar berish kerak, deb hisoblaydiganlar ham bor.

Bu to`g`ri emas.

Ular nima uchun qochib ketishganini butunlay tushunarli.

Xato qilganini tushungan odam allaqachon qaytib kelgan.

Qolganlari tushunishi kerakki, jamiyatning katta qismi ularning qilmishini qo`llab-quvvatlamaydi – ular o`z vataniga, qarindosh-urug`lariga, do`stlariga xiyonat qilgan deb hisoblaydilar.

Ammo bugungi kunga qadar ketganlar nafaqat Rossiya kompaniyalarida masofadan turib ishlashadi, balki mamlakatimiz qonunchiligiga muvofiq ularga beradigan barcha imtiyozlardan foydalanadilar.

Rossiya Federasiyasidan chiqib ketganlar uchun imtiyozlarni bekor qilish va ular uchun oshirilgan soliq stavkasini joriy etish to`g`ri. Bu adolatli bo`ladi. Biz qonunchilikka tegishli o`zgartirishlar kiritish ustida ishlayapmiz",–Vyacheslav Volodin.

    Boshqa yangiliklar