1

Andrey Malaxov Gollivud aktyori Antonio Banderasni o`ldirish bilan tahdid qildi

Shou-biznes 16.09.2016, 12:54
Teglar: Aktyor, Rossiya, Gollivud, Er-xotin
Andrey Malaxov Gollivud aktyori Antonio Banderasni o`ldirish bilan tahdid qildi

Taniqli Gollivud aktyori Antonio Banderas yaqinda Rossiya poytaxti Moskva shahriga tashrif buyurdi. Aktyor Natalya Vodyanova jamg`armasi o`tkazgan tadbirlarda qatnashdi va o`zining shaxsiy fotosuratlar ko`rgazmasini namoyish etdi hamda Ivan Urgantning kechki dasturida ishtirok etdi, deb xabar beradi “Cosmo.ru”.

Antonio Moskvada paytida aksariyat rus xonandalari va aktrisalari bilan suratga tushdi va bu suratlar ularning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaridan o`rin egalladi. Taniqli teleboshlovchi Andrey Malaxovning rafiqasi Natalya Shkuleva ham boshqa mashhurlardan ortda qolmagan holda Banderas bilan suratga tushdi. 

Suratda Natalyaning Banderasni o`payotgani aks etgan. U mazkur suratni “Andrey, kechir” deya izohladi. 

Andrey Malaxov rafiqasining mazkur suratiga hech qanday izoh qoldirmadi. Biroq oradan ko`p o`tmay aynan shu suratni “Itdan tarqaganni o`ldiraman” degan yozuv bilan o`z sahifasiga joylashtirdi. 

Andrey bu xatti-harakati bilan shunchaki xazillashmoqchi bo`ldi, biroq tezda mazkur suratni sahifasidan o`chirib yubordi.

Sharhlar

Prezident Rossiyaga etib bordi

08.05.2024, 17:04

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 8 may kuni amaliy tashrif bilan Moskva shahriga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. “Vnukovo” xalqaro aeroportida davlatimiz...
AQSh Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo`llaganlikda aybladi

02.05.2024, 15:35

AQSh Davlat departamenti tomonidan e`lon qilingan bayonotga ko`ra, Rossiya qo`shinlari ukrainalik askarlarga qarshi xloropikrin zaharli moddasidan foydalangan. Bu haqda SNN xabar berdi. Vashingtonning fikricha, Moskva kimyoviy qurollardan...
Rossiya Eronga 24ta qiruvchi samolyot bermoqchi

21.04.2024, 17:45

Kelgusi haftada Rossiya Eronga 24 ta Su-35 qiruvchi samolyotini topshiradi. Bu haqda “The Wall Street Journal” nashri ma`lum qilgandi. Eronning bir qator OAVlarining xabar berishicha, Rossiya...
Rossiyadagi eri bilan janjallashgan ayol farzandlarini kaltakladi. Onaga nisbatan jinoiy ish ochildi (video)

15.07.2023, 09:45

Samarqand viloyati Kattaqo`rg`on tumanida 1996 yilda tug`ilgan ayol Rossiyada ishlovchi eri bilan janjallashishi oqibatida ikki nafar voyaga etmagan qiz farzandlarini kaltaklab, uni tasvirga olib, eriga...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1