AsosiyJamiyat

Rasman! Rasul Kusherbaevning vakolati tugatildi

'Rasman! Rasul Kusherbaevning vakolati tugatildi'ning rasmi

Markaziy Saylov komissiyasi Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbaevni muddatdan oldin vakolatlarini tugatish masalasini ko`rib chiqdi.

MSK raisining so`zlariga ko`ra, Kusherbaev o`z arizasida nima uchun deputatlik mandatini tugatmoqchiligi sababini ko`rsatmagan. Videoselektr tarzida o`tkazilgan yig`ilishda komissiya a`zolar bir ovozdan uning mandatini tugatishni qo`lladi. Qarshilar bo`lmagan.
"O`zbekiston respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a`zosining maqomi to`g`risida" gi qonuniga muvofiq deputatning, senatorning vakolatlari quyidagi hollarda muddatidan ilgari tugatiladi:

- u o`z vakolatlarini zimmasidan soqit qilish haqida yozma ariza bergan taqdirda;

- u qonunga ko`ra deputatlik, senatorlik vakolatlarini amalga oshirishiga nomuvofiq bo`lgan lavozimga saylangan yoki tayinlangan taqdirda;

- unga nisbatan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan taqdirda;

- u chaqirib olingan taqdirda;
sud uni muomalaga layoqatsiz deb topgan taqdirda;

- u sudning qonuniy kuchga kirgan qarori asosida bedarak yo`qolgan deb topilgan yoxud vafot etgan deb e`lon qilingan taqdirda;

- u O`zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo`qotgan taqdirda;

- u vafot etgan taqdirda;

- palata tarqatib yuborilgan taqdirda.

Avvalroq Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbaev deputatlik faoliyatini yakunlashini ma`lum qilgandi.

"Deputatlik faoliyatimni yakunlashga qaror qildim. Bunday ishlay olmas ekanman. Bunga majbur bo`lganimdan afsusdaman. Ishonch bildirgan, qo`llab-quvvatlagan barchaga rahmat! Rozing bo`linglar. Nasib qilsa qolganini vaqt ko`rsatadi. Alloh madadkor bo`lsin", deb yozgandi Kusherbaev. 

    Boshqa yangiliklar