Avvalroq urgutlik ayol yosh bolasini ayovsiz kaltaklayotgani videosi tarqalgan edi. Holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati ma`lumot taqdim etdi.
Ma`lum qilinishicha, 2022 yil 24 dekabr kuni Urgut tumani Vatak mahallasida yashovchi fuqaro G.O. Rossiya Federasiyasida ishlash maqsadida ketgan turmush o`rtog`i bilan telefon orqali muloqot qilish jarayonida, o`rtalarida kelib chiqqan o`zaro kelishmovchilikdan so`ng, turmush o`rtog`iga jahl qilib, o`zining voyaga etmagan farzandini urgan. Holatni telefon apparatida videotasvirga olgan va videoni turmush o`rtog`iga yuborib, voyaga etmagan farzandlarini o`ldirish bilan qo`rqitgan.
Xabarga ko`ra, hoo`irda holat yuzasidan Urgut tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan G.O.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning 110-moddasi 2-qismi va 112-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Hozirda jabrlanuvchining ahvoli yaxshi bo`lib, shifokorlar kuzatuvida.
Jinoyat ishi viloyat IIB nazoratiga olingan, deyiladi xabarda.






