AsosiyJamiyat

Og`ir yil arafasida turibmiz — ekspertlar

'Og`ir yil arafasida turibmiz — ekspertlar'ning rasmi

TASS so`roqqa tutgan ekspertlarning fikrlariga ko`ra, jahon iqtisodiyoti og`ir yil arafasida turibdi: global koronavirus inqirozidan so`ng, 2021 yildagi misli ko`rilmagan 6 foizlik o`sishdan keyin yana pasayish kutilmoqda.

2022 yil yakunlari bo`yicha global iqtisodiyot 2-3 foiz darajasidagi o`sishni namoyon etadi, 2023 yilda esa o`sish 2 foizdan ham ortmasligi mumkin.

Global resessiya (o`sish to`xtashi yoki manfiyga ketishi) haqida gapirishga hali erta, biroq Evropa va AQSh kabi yirik iqtisodiyotlarda «tormozlanish» kuzatilishi boshlandi, deyiladi xabarda.

2023 yil arafasida Xitoyga kovid pandemiyasining eng katta to`lqini yopirilishi ham global iqtisodiyot o`sishiga ta`sirini o`tkazishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar