Bugun Qozog`istonning Almati shahrida shaxmatning rapid va blis yo`nalishlari bo`yicha jahon chempionati start oladi. Bu haqda "Olamsport" xabar bermoqda.
Umumiy mukofot jamg`armasi 1 million dollarni tashkil qiluvchi dunyo birinchiligida jami 281 nafar shaxmatchi jahon chempionligi uchun dona suradi. Ular orasida o`zbekistonlik shaxmatchilar, xususan rapid bo`yicha amaldagi jahon chempioni Nodirbek Abdusattorov ham bor. Dastlabki uch kun rapid bo`yicha musobaqa tashkil etiladi. Bugun shaxmatchilar beshta partiyada munosabatlariga oydinlik kiritib olishadi.
Qayd etilishicha, O`zbekistonning birinchi ayol grossmeysteri Nafisa Mo`minova katta tanaffusdan so`ng O`zbekiston terma jamoasi safida yana bahslarga kirishadi.
O`zbekistonlik shaxmatchilar ishtirokidagi 1-tur o`yinlari:
Richard Rapport (Ruminiya, 2802) - Jahongir Vohidov (2530)
Nodirbek Abdusattorov (2676) - Denis Kadrik (Chernogoriya, 2482)
Shamsiddin Vohidov (2481) - Maksim Matlakov (FIDE, 2671)
Javohir Sindarov (2596) - Petr Kostenko (Qozog`iston, 2404)
Bharatakoti Harsha (Hindiston, 2574) - Muhiddin Madaminov (2337)
Nodirbek Yaqubboev (2573) - Semetey Tologon (Qirg`iziston, 2319)
Amin Bassem (Misr, 2567) - Humoyun Begmuratov (2292)
Aristanbek Urazaev (Qozog`iston, 2535) - Muhammadzohid Suyarov (2089)
Umida Omonova (2059) - Aleksandra Malsevskaya (Polsha, 2327)
Afruza Hamdamova (2052) - Ulviya Fatalieva (Ozarbayjon, 2322)
Asiya Assilxan (Qozog`iston, 1360) - Nafisa Mo`minova (2242)






