Xonanda Lola 21-22-23 noyabr kunlari “Istiqlol” san`at saroyida yakkaxon konsert dasturini taqdim etishni rejalashtirmoqda. Shu munosabat bilan xonanda ayrim moliyaviy muammolarga duch kelayotganga o`xshaydi. Bu haqda xonanda o`zining Instagram`dagi sahifasida shunday deydi:

“Dunyoda mana shunday u yoqdan bu yoqqa yurib, tinmasling, ertadan kechgacha ishlashing, charchashing, moliyaviy muammolarga ega bo`lishing, shamollagan, biroq tamomila baxtli bo`lishing mumkin. Shunchaki, seni kutayotganlari uchun baxtli bo`lishing mumkin. Va bilasizmi, sizni shunchaki kutishmayapti, balki sizga kerakli inson sizni kutyapti... Shu onda anglab etasan: ‘Demak men yaxshi insonman. Meni sevishlari mumkin’”...





