AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda 1 yoshli bolakay vafotidan oldin "Dok-1 Maks" dorisini ichgani ma`lum bo`ldi

'Qashqadaryoda 1 yoshli bolakay vafotidan oldin "Dok-1 Maks" dorisini ichgani ma`lum bo`ldi'ning rasmi

Biroz avval Qashqadaryoda 2021 yilda tug`ilgan bola "Dok-1 Maks" dorisini iste`mol qilganligi oqibatida vafot etdi, degan xabarlar tarqalgan edi. Viloyat prokuraturasining tekshiruvlari natijasida xabar o`z tasdig`ini topdi.

Viloyat prokuraturasining ma`lum qilishicha, Dehqonobod tumanida yashagan 14.08.2021 yilda tug`ilgan X.Sh 5 kun davomida o`z turar joyida “Dok-1 Maks” siropini iste`mol qilib kelib, sog`ligi yomonlashganligi sababli 27.12.2022 yilda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy amaliy markazi Qashqadaryo filialiga olib kelinib, ko`rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan, 28.12.2022 yilda vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar