Ustoz-muallimlar bilan uchrashuv chog`ida davlat rahbari Chilonzor tumanidagi maktab o`qituvchisi olayotgan oylik maoshga e`tibor qaratdi.
“Mana, shu tadbirda ishtirok etayotgan o`qituvchi bir maktabda uch nafar o`qituvchi 11 mln so`m maosh olayotganini aytdi. Xo`sh, aytinglar-chi, xuddi shu maktabda 30 nafar o`qituvchi etarlicha ishlab, shuncha maosh olishsa, biz qarshi bo`lamizmi? Aksincha, men faqat xursand bo`laman.
Men ko`p ta`kidlayman – agar yurishdan sekinlashsak, o`tirgimiz keladi. O`tirsak yotgimiz keladi, yotsak uyqumiz keladi. Shu tarzda rivojlantishdan ortda qolib ketamiz. Ayniqsa siz o`qituvchilar jamiyatdan ortda qolmasligingiz kerak” – dedi prezident.
Shuningdek, davlat rahbari maktablarda ingliz tilidan tashqari boshqa xorijiy tillarga ham e`tibor berish, nutq madaniyatini o`rgatish bo`yicha takliflarni ham qo`llab-quvvatladi.






