AsosiyJamiyat

⚡️Shoir Nodir Jonuzoq Prezident Administrasiyasidagi lavozimidan ozod qilindi

'⚡️Shoir Nodir Jonuzoq Prezident Administrasiyasidagi lavozimidan ozod qilindi'ning rasmi

Xalbutaev Nadirjon Januzakovich boshqa ishga o`tishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, ta`lim, sog`liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo`yicha maslahatchisi o`rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Eslatib o`tamiz, Nodir Jonuzoq 2022 yilning aprel oyida Dilshod Kenjaev o`rniga prezidentning yoshlar, fan, ta`lim, sog`liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo`yicha maslahatchisi o`rinbosari lavozimiga tayinlangan edi.

Prezident maslahatchisi o`rinbosari lavozimiga tayinlangunga qadar 2019 yilning dekabridan buyon O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o`rinbosari bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar