AsosiyJamiyat

Yangi yil kuni qaysi hududlarda qor yog`ishi ma`lum bo`ldi

'Yangi yil kuni qaysi hududlarda qor yog`ishi ma`lum bo`ldi'ning rasmi

31 dekabr kuni Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg`ona vodiysi viloyatlarida yomg`ir va qor yog`adi, deya xabar bermoqda "O`zgidromet".

Shuningdek, kechasi Buxoro va Navoiy viloyatlarida yog`ingarchilik bo`lishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi -2+3 daraja, kunduzi +2+7 daraja iliq bo`ladi.

31 dekabrdan 1 yanvarga o`tadigan Yangi yil kechasida faqat Toshkent viloyati va Farg`ona vodiysi viloyatlarida ba`zi joylarda biroz qor yog`ishi mumkin.

1 yanvarda O`zbekistonning katta qismida yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat kunning ikkinchi yarmida Qoraqalpog`iston Respublikasida qor yog`adi. Havo harorati deyarli o`zgarmaydi.

Kechasi va ertalab respublika bo`yicha ba`zi joylarga tuman tushishi kuzatiladi. Dam olish kunlari tog`li hududlarda vaqti-vaqti bilan qor ko`rinishidagi yog`ingarchilik bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar